Panther

Maxfiylik

Maxfiylik siyosati.

Yuklab olish so‘rovi uchun nima kerak, ma’lumot qayerga yuboriladi va qancha saqlanadi — barchasi bir sahifada.

90 kun

So‘rov yozuvining saqlash muddati

15 daqiqa

Yuklab olish havolasining amal qilish vaqti

12.09.2026

Maxfiylik matni versiyasi

01

Qanday ma’lumot olinadi?

Forma faqat yuklab olish so‘rovini qayta ishlash uchun kerakli ma’lumotlarni oladi.

Ism va email
Sizni va yuborilgan so‘rovni aniqlash uchun.
Platforma va maqsad
Mos paket hamda foydalanish ehtiyojini aniqlash uchun.
Rozilik va so‘rov raqami
Rozilik holati, matn versiyasi, yaratilgan vaqt va so‘rov holatini qayd etish uchun.
02

Sayt va mahalliy tahlil

Panther dasturida

Asosiy tekshiruv mahalliy bajariladi. VirusTotal tekshiruvi tanlansa, xesh yoki indikator tashqi xizmatga yuboriladi va internet ishlatiladi.

Saytdagi formada

Kiritgan ma’lumotlaringiz internet orqali so‘rov serveriga yuboriladi. Dalil fayllari yoki tekshirilayotgan shaxs ma’lumotlarini formaga qo‘shmang.

03

Saqlash va o‘chirish

So‘rov yozuvi
90 kundan keyin avtomatik o‘chirish uchun belgilanadi. Tozalash navbat bilan bajariladi; aynan muddat tugagan soniyada emas.
Fayl havolasi
Yaratilgan paytdan boshlab 15 daqiqa amal qiladi.
So‘rov chegarasi
Email asosidagi hisoblagich yozuvlari ikki soatgacha saqlanadi.

Hosting loglari, zaxira nusxalari yoki ma’lumotlarni saqlash joyi bo‘yicha tafsilotlarni jamoamizdan so‘rashingiz mumkin.

04

Ma’lumot bo‘yicha murojaat

So‘rovni aniqlashtirish yoki uning ma’lumotlarini o‘chirish uchun @pantherDFIRbotga yozing. Xabarga so‘rov raqamini qo‘shing — shu orqali kerakli yozuvni aniqlash osonlashadi.

Xabarga qo‘shing

So‘rov raqami + bajarilishini istagan amal: aniqlashtirish yoki o‘chirish.

Keyingi qadam

Savolingizga aniqlik kiriting.

Texnik yordam, litsenziya va ma’lumotlar bo‘yicha Panther jamoasiga yozing.

Jamoaga yozish